"Mol operasiyasi": Qashqadaryoda 38 yoshli erkakka nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

"Mol operasiyasi": Qashqadaryoda 38 yoshli erkakka nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Qashqadaryo. Qamashi tumanida 38 yoshli B.K., 2019 yilning iyul oyidan 2020 yiling may oyigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida 5 nafar faqarolarning ishonchiga kirib, ulardan narxi jami 147.925.500 so‘m bo‘lgan chorva mollarini pullarini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olishini va’da qilib, chorva mollarni aldash yo‘li bilan qo‘lga kiritib, bergan va’dasini bajarmay pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Qamashi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan B.Q., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a,b” bandlari (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash choralari ko‘rilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!