Mobil telefonni qo‘ng‘iroq qilish uchun olib, voqea joyidan yashiringan ayol qo‘lga olindi

Mobil telefonni qo‘ng‘iroq qilish uchun olib, voqea joyidan yashiringan ayol qo‘lga olindi

2018 yil 19 dekabr kuni noma’lum ayol Jizzax shahar Toshloq mahallasi hududida fuqaro SH.P.ni Samsung mobil telefonini qo‘ng‘iroq qilish uchun olib, voqea joyidan yashiringan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Baxmal tumani Yumaloqbosh mahallasida yashovchi S.T. (ismli ayol) sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olingan.Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!