Messimi yoki Ronaldu? Yilning eng yaxshi hujumchilari reytingi e’lon qilindi

Messimi yoki Ronaldu? Yilning eng yaxshi hujumchilari reytingi e’lon qilindi

"Barcelona" hujumchisi Lionel Messi "ESPN" talqiniga ko‘ra, 2020 yilning eng yaxshi hujumchisi deb topildi.

Kuchli yuzlikning ikkinchi pog‘onasini "Pari Sen-Jermen" futbolchisi Kilian Mbappe egallagan bo‘lsa, uchinchi o‘rin Turinning "Yuventus" futbolchisi Krishtianu Ronalduga nasib etdi.

Shuningdek, kuchli 10 talikdan Neymar («PSJ»), Muhammad Saloh («Liverpul»), Pyer-Emerik Obameyang («Arsenal»), Son Xin Min («Tottenxem»), Paulo Dibala («Yuventus»), Markus Reshford («Manchester Yunayted») va Yosip Ilichich («Atalanta») o‘rin oldi.

O‘tgan mavsumda Messi 44 uchrashuvda qatnashgan va 31 ta gol urgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!