Merkelning vorisi XDI rahbari sifatida saylandi

Merkelning vorisi XDI rahbari sifatida saylandi

Annegret Kramp-Karrenbauer partiyaning yangi raisi etib saylandi, deb xabar bermoqda Anadolu.

Germaniya Kansleri Angela Merkelni Xristian Demokratik Ittifoqining (XDI) raisiligida Annegret Kramp-Karrenbauer almashtiradi.

Gamburgdagi partiya s’ezdida ovoz berish natijalariga ko‘ra, u Bundestagning sobiq deputati, Fridrix Mers va Germaniyaning Sog‘liqni saqlash vaziri Yens Shpandan o‘zib ketdi.

Birinchi bosqichda Annegret Kramp-Karrenbauer uchun 450 kishi ovoz bergan, 392 delegat Fridrix Mersga ovoz bergan, Yens Shpan esa 157 ovoz bilan uchinchi o‘rinni egallagan.

Shunday tarzda, Kramp-Karrenbauer va Mers ikkinchi bosqichga o‘tdilar.

S’ezd ishida 1001 nafar delegat ishtirok etadi.

Annegret Kramp-Karrenbauer - nemis siyosatchisi. 2011 yil avgustidan to 2018 yilning fevraligacha Saar yerlari Bosh vaziri lavozimini egallab kelgan, 2011 yil iyun oyidan Saardagi Xristian Demokratlar Ittifoqining yer maydonlari bo‘limi raisi. 2010 yil noyabr oyidan boshlab u XDI rayosati tarkibiga kiradi.

Oktyabr oyi ohirida Angela Merkel XDI raisiligi lavozimida qolishni istamasligini va muddati tugagunga qadar kansler vazifasini bajarishga tayyorligini bildirgan edi.

Manba: ufq.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!