"Men buni bashorat qilgandim" - Ilon Mask

"Men buni bashorat qilgandim" - Ilon Mask

"Men buni bashorat qilgandim" - Ilon Mask Politico nashrining Ukraina mag‘lubiyatga uchraganligi haqidagi maqolasiga izoh berdi.

Mask X ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilaridan birining posti ostiga izoh qoldirdi, u Politico nashriga Ukraina mojarosi haqida turli davrlardagi ramslarni joylashtirdi.

Agar ilgari suratda "Ukraina g‘alaba qozonmoqda" deb yozilgan bo‘lsa, endi "Ukraina mag‘lubiyatga ketmoqda" deb yozmoqda.

Politico nashri maqolasida aytilishicha, Ukraina Qurolli kuchlarida o‘q-dorilarning keskin tanqisligi fonida front chizig‘i shu yilning yozidayoq qulashi mumkin. "Agar vaziyat o‘zgarmasa, Ukraina hozirgi ko‘rinishida o‘tmishda qoladi", deb yozadi nashr.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!