Mehribonlik uylariga deya pul olgan qallob qo‘lga olindi

Mehribonlik uylariga deya pul olgan qallob qo‘lga olindi

Astanada qalloblikda gumon qilingan 35 yoshli ayol qo‘lga olindi.

Shahar ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Qozog‘istonning bir necha hududlarida bolalar uylariga tovar yetkazib berish bo‘yicha tenderda ishtirok etish bahonasi bilan fuqarolardan pul mablag‘larini olgan jinoyatchi qo‘lga olindi.

Qalloblik asiriga aylangan odamlarning sarmoyalari miqdori 500 mingdan 17 million tengega yetishi mumkin. Bundan tashqari, fuqarolarga sarmoyaning miqdoriga qarab oylik foizlar (10 foizdan 20 foizgacha) va’da qilingan ekan.

Hozirgi paytda milisiya xodimlari Qozog‘iston Jinoyat Kodeksining 190-moddasi (firibgarlik) bo‘yicha tergov o‘tkazmoqda. Polisiya 15 kishini firibgarlikda ayblamoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!