Maykl Pompeo: Tu-160 samolyotini Venesuelaga yuborish davlat pullarini isrof qilish hisoblanadi

Maykl Pompeo: Tu-160 samolyotini Venesuelaga yuborish davlat pullarini isrof qilish hisoblanadi

AQSh Venesuelaga Rossiyaning ikkita Tu-160 strategik raketa tashuvchilarini yuborilishini dalat mablag‘larini o‘rinsiz sarflash deb hisoblamoqda. Bu haqda «TASS» xabar berdi.

Ushbu nuqtayi nazarni AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo o‘zining Twitter’dagi sahifasida yozib qoldirdi.

«Rossiya hukumati Venesuelaga dunyoni yarimi masofasi orqali bombardimon samolyotlarni yubordi. Rossiya va Venesuela xalqi buni ikki hukumatning fuqarolarni qiynab, davlat mablag‘larini isrof qilish sifatida ko‘rib chiqishlari lozim», — deydi Pompeo. O‘z xabarini u parvoz qilayotgan Tu-160 samolyotining surati bilan joyladi.

RF Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Rossiyaning ikkita Tu-160 strategik raketa tashuvchisi va Il-62 samolyotlari Venesuelaning Xalqaro Mayketiya aeroportiga parvoz qilgan.

Manba: daryo.uz

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!