Mashhur turk kinoijodkorlari Toshkent xalqaro kinofestivaliga tashrif buyuradi

Mashhur turk kinoijodkorlari Toshkent xalqaro kinofestivaliga tashrif buyuradi

Ular «Kara sevda» ("Sevgi iztirobi") hamda «Muhtasham yuz yil» seriallarida o‘ziga xos obrazlarda namoyon bo‘lgan aktrisalar Melisa Pamuk va Filiz Ahmet, shuningdek, Turkiyadan yana Ozdjan Deniz, Selim Bayraktar, Sefa Zengin, Erdjan Kesal, Erkan Kolchak Kyostendil va boshqa kinoijodkorlarning tashrifi kutilmoqda.

Bundan tashqari, turkiyalik kinoijodkorlar qatori estrada xonandasi Serdar Ortach ham Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etish istagini bildirgan.

Turkiyalik mehmonlar kinofestival oldi tashkilotchilarga videomurojaat yo‘llab, Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etishlarini ma’lum qilishgan.

Toshkent xalqaro kinofestivali taniqli kinoyulduzlariga mezbonlik qilish bilan birga, festival doirasida 15ga yaqin davlatning kino kunlari ham o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent xalqaro kinofestivali 28 sentyabr — 3 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!