"Manchester Siti" yulduzi "Barsa"ga o‘tmaydigan bo‘ldi

"Manchester Siti" yulduzi "Barsa"ga o‘tmaydigan bo‘ldi

"Barselona" shu yozda Bernardu Silva bilan shartnoma imzolay olmaydi.

Kataloniyaliklar moliyaviy imkoniyatlar yo‘qligi sabab "Man Siti" o‘yinchisini xarid qila olmaydi. Klub haligacha maosh fondidan oshmoqda va moliyaviy feyr-pleyga mos kelmayapti.

Bernardu 60 mln yevro evaziga "Barsa"ga o‘tishi mumkin edi, ammo hozirgi sharoitda bunday narx evaziga transferni amalga oshirish imkonsiz. Oldinroq, Silva kataloniyaliklarning yozdagi transfer maqsadi ekani, yangi murabbiy Xansi Flik esa futbolchini yuqori baholashi xabar qilingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!