"Malika" bozori oldida "BMW" avtomobili yonib ketdi

"Malika" bozori oldida "BMW" avtomobili yonib ketdi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 18 iyun kuni soat 19:30 larda, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, KXAY ko‘chasida haydovchi, 1986 yilda tug‘ilgan O.I. "BMW" rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, ushbu ko‘chada joylashgan "Minor" masjidi yaqiniga yetgan vaqtida dvigatel qismida qisqa tutashuv bo‘lganligi sababli avtomobilni yo‘l chetiga to‘xtatgan. Qisqa tutashuvdan so‘ng yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Avtomobilga zarar yetgan.

Mazkur hodisa yuzasidan Yunusobod tumani FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablari o‘rganilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!