"Malibu" haydovchisining dugonalari mashina lyukidan tanasini chiqarib olgan uchun jarimaga tortildi

"Malibu" haydovchisining dugonalari mashina lyukidan tanasini chiqarib olgan uchun jarimaga tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarda davlat belgisi 01 Y 026 PB bo‘lgan Malibu rusumli avtomashina salonidan ayol kishining chiqib olganligi aks etgan video yuzasidan Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma’lum qildi.

Joriy yilning 6 sentyabr kuni taxminan soat 21:30 larda 1985 yilda tug‘ilgan M.Muqaddam o‘zining boshqaruvidagi Malibu rusumli (davlat raqami 01 Y 026 PB) transport vositasida KXAY ko‘chasida harakatlanayotgan vaqtida M.Muqaddamning dugonalari bo‘lgan yo‘lovchilar avtomashina lyuk qismidan tanasini chiqarib olgan.

Mazkur holat yuzasidan M.Muqaddamga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 138-moddasi 4-qismiga («Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yo‘lovchi tomonidan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) salondan chiqarish») asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!