Maktab hojatxonasida o‘quvchilarni samosud qilgan er-xotin qo‘lga olindi

Maktab hojatxonasida o‘quvchilarni samosud qilgan er-xotin qo‘lga olindi

Primorye o‘lkasida ko‘p bolali ota va ona qo‘lga olindi. Ular bolasini mazax qilishgani uchun 5-sinf o‘quvchilarini hojatxonada qiynoqqa solgan. Natijada bolalarning salomatligi sezilardi darajada yomonlashgan.

Layf nashrining yozishicha, farzandlarini ustidan kulgan o‘quvchilarni qilmishidan pushaymon qilish uchun ota-ona maktabga kelgan. Keyin esa 5-sinf o‘quvchilarini hojatxonaga qamab, qiynashgan. Yuzlariga urishgan, hatto ayol bolalarning boshini unitazga tiqqan.

Bu voqeadan keyin maktab direktori ishdan ketdi. Voqea yuzasidan tergov boshlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!