Makron Erdog‘an bilan yarashmoqchi

Makron Erdog‘an bilan yarashmoqchi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdog‘anga maktub yo‘llab, ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish istagini bildirgan. Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li ma’lum qildi. 

“Fransiya bilan aloqalarimiz Payg‘ambarimiz alayhissalom va Qur’oni karimga nisbatan xurujlar, davlatga qarashli binolarning devorlariga karikaturalarning osilishi va bular so‘z erkinligi sifatida baholanishi ortidan taranglashdi. Biz ularga javobimizni berdik. O‘zlarining Ta’lim vaziri bilan bog‘liq bir-ikki karikatura chiqishi bilan darrov taqiqlashdi. Lekin bizning muqaddasotimizga kelganda so‘z erkinligi deyishadi”, – dedi Chavushg‘o‘li jurnalistlar bilan uchrashuvda. 

Uning aytishicha, Fransiya Tashqi ishlar vaziri Le Drian bilan oxirgi uchrashuvda tomonlar “yo‘l xaritasi” ustida ishlashga kelishib olgan. Keyinroq Erdog‘an Makronga maktub yo‘llab, unga tuzalib ketishini tilagan va Fransiya prezidentini yangi yil bilan tabriklagan. Shundan so‘ng fransuzlar bir necha yo‘nalishda maslahatlashuvlarni boshlash taklifini bildirgan. Bir necha kun esa Makron ham maktub yuborib, Erdog‘an bilan uchrashish istagini bildirgan. 

“Prezidentimiz “mamnuniyat bilan uchrashamiz”, deya javob qaytardi”, – dedi Chavusho‘g‘li.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!