Makron YEIning AQShdan qurol sotib olish uchun harbiy xarajatlarni oshirishiga qarshi chiqdi

Makron YEIning AQShdan qurol sotib olish uchun harbiy xarajatlarni oshirishiga qarshi chiqdi

Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron Yevroittifoq davlatlari mudofaa byudjetini Amerika qurollarini ommaviy ravishda sotib olish uchun emas, balki o‘z mustaqilligini mustahkamlash uchun oshirish kerak deb hisoblaydi. U bu haqda CNN telekanaliga bergan intervyusida aytdi.

"Men Yevropa davlatlari Amerika qurollarini yoki Amerikada ishlab chiqarilgan materiallarni sotib olish uchun mudofaa xarajatlarini oshirishlarini ko‘rishni istamayman. Menimcha, biz o‘z mustaqilligimizni mustahkamlash uchun xarajatlarni ko‘paytiramiz", dedi Makron.

Tramp Twitter orqali Makronning Yevroittifoq boshqa davlatlardan, jumladan AQShdan ham himoyalanish uchun o‘z armiyasiga ega bo‘lishi kerakligi haqidagi so‘zlarini haqoratli deb atagani borasida esa u shunday javob berdi: "Men Twitter orqali diplomatiya olib borishdan ko‘ra to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot yoki savol-javobni ma’qul ko‘raman. U NATOdagi yuklamalar yaxshi taqsimlanishini istamoqda va bu fikrga qo‘shilaman".

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yelisey saroyida Makron va Tramp uchrashuv o‘tkazgandi.

Manba: kun. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!