Mahalliy qabila a’zosi bo‘lgan ayol AQSh Ichki ishlar vaziri bo‘lishi mumkin

Mahalliy qabila a’zosi bo‘lgan ayol AQSh Ichki ishlar vaziri bo‘lishi mumkin

AQShning yangi prezidenti Jo Bayden tub amerikalik Deb Xaalandni AQSh Ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlamoqchi. Bu haqda The New York Times gazetasi xabar bermoqda.

Agar Senat uning ichki ishlar vaziri lavozimiga nomzodini ma’qullasa, u holda 60 yoshli Xaaland AQSh tarixida vazir lavozimini olgan birinchi mahalliy vakilga aylanadi. Yangi lavozimida u yerdan foydalanish bilan shug‘ullanadi va Bayden tomonidan taklif qilingan iqlim o‘zgarishi siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi.

Siyosatchi Bayden jamoasiga "hukumat va Tramp ma’muriyati tomonidan munosabatlar buzilgan qabilalar o‘rtasidagi munosabatlarni tiklashda" yordam berish uning uchun katta sharaf bo‘ladi, deb aytdi. Xaaland – Nyu-Meksiko shtatining Albukerke shahri yaqinida yashovchi lagun pueblo hind qabilasining a’zosi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!