Maduro: Tramp o‘g‘ri

Maduro: Tramp o‘g‘ri

Venesuela farmasevtika sanoatini rivojlantirish dasturini qayta ishga tushirish marosimida nutq so‘zlagan Nikolas Maduro Qo‘shma Shtatlar mamlakatni dori vositalarini ishlab chiqarish uchun moliyaviy resurslardan mahrum qilganini ta’kidladi.

Donald Tramp ma’muriyati Venesueladan dori vositalarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xomashyolarni sotib olish va ularni dorixonalar va tibbiyot muassasalariga yetkazib berish uchun mo‘ljallangan 5 milliard dollarni o‘g‘irladi.

Tramp xalqimizga qarshi qilingan eng qattiq choralar uchun javobgar. Bularning barchasi AQShning bizga insonparvarlik yordamini berishga tayyor ekanligini aytish uchun qilingan hiyla, Sizlar munofiqsizlar , deya qo‘shimcha qildi Maduro.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!