Lukashenkoga qilingan suiqasd tafsilotlari ma’lum qilindi

Lukashenkoga qilingan suiqasd tafsilotlari ma’lum qilindi

17 aprel kuni Belarusning ONT telekanalining kechki paytdagi yangiliklar ko‘rsatuvida, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoga suiqasd va mamlakatda qurolli qo‘zg‘olonni tayyorlashga urinish haqida hikoya qiluvchi maxsus ko‘rsatuv namoyish etildi.

Davlat xavfsizligi qo‘mitasi raisi Ivan Tertel telekanal efirida, yaqinda qo‘mita ko‘p bosqichli maxsus operasiyani yakunlaganini ma’lum qilgan. Natijada Belarusda qurolli qo‘zg‘olon urinishlari va hokimiyat vakillari, shu jumladan davlat rahbarini yo‘q qilish harakatlari bartaraf etilgan. Ushbu tadbirlar joriy yilning iyun-iyul oylariga rejalashtirilgan edi.

«Ushbu guruh a’zolari Belarus prezidenti, uning oila a’zolarini jismonan yo‘q qilish, hokimiyatni zo‘rlik bilan qo‘lga kiritish maqsadida qurolli isyon uyushtirish rejasini batafsil rejalashtirib, amalga oshirishga kirishgan edilar», — dedi Ivan Tertel.

Qayd etilishicha, guruh tarkibiga Belarus va chet el fuqarolari kirgan. Syujetda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, fitnachilarning qurolli isyoni «Jimjitlik» deb atalgan.

Efirda gumonlanuvchilarning video uchrashuvlari namoyish etildi, unda yaqinlashib kelayotgan jinoyat tafsilotlari muhokama qilingan.

Yuriy Zenkovich, «to‘ntarishning asosiy tashkilotchisi» deb tan olindi. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Zenovich uzoq vaqt AQShda yashagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda, AQSh Davlat departamenti uning yonini olishga tayyor.

Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilari orasida BNF oppozisiya partiyasi yetakchisi Grigoriy Kostusev, chet elda bo‘lgan muxolifat lideri Igor Makar  va boshqa shaxslar bor bo‘lgan.

«Biz guruhni hibsga oldik, barchasi qanday rejalashtirilganligini ko‘rsatib berishdi. Keyin biz xorijiy maxsus xizmatlar ishini aniqladik. Ehtimol, Markaziy razvedka boshqarmasi, Federal tergov byurosi, amerikaliklarning qaysi biri u yerda ishlaganligini bilmayman … Biz ularning Minskga kelib, prezident va bolalarga suiqasd uyushtirishni boshlash istagini aniqladik», — dedi davlat rahbari.

Biroq, AQSh Davlat departamenti vakili «Lukashenkoning o‘ldirilishiga urinish ortida AQSh hukumati turgani yoki unda qatnashgani haqidagi har qanday taxminlar mutlaqo haqiqatga zid», deya qayd etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!