Lukashenko Putinga sabr tiladi

Lukashenko Putinga sabr tiladi

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya yetakchisi Vladimir Putinga sabr-toqat tiladi, deb xabar beradi BelTA.

U hozirgi davrni, birinchi navbatda, Rossiya uchun qiyin deb atadi.

"Ko‘ryapsizmi, tashqaridan qilingan hujumlarning boshi Rossiyaga qaratilgan, biz buni Belarusda juda yaxshi bilamiz", dedi Lukashenko Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida.

«Bizning faxriy raisimiz (Nursulton Nazarboyev – BelTA) aytganidek, Rossiya bizning integrasiyamizning asosiy qismidir. Shuning uchun sizga sabr va yana sabr tilaymiz. Bilingki, biz har doim Rossiyani qo‘llab-quvvatlaganmiz va qo‘llab-quvvatlaymiz”, – dedi Belarus prezidenti.

Uning ta’kidlashicha, Moskvasiz "possovet hududida integrasiya bo‘lmaydi".

Avvalroq Lukashenko g‘arbiy chegaralardagi vaziyatni hisobga olgan holda Rossiya bilan birgalikda kuchlar guruhidan foydalanish rejasini "modernizasiya qilish" bo‘yicha erishilgan kelishuvlar haqida e’lon qilgandi. Shuningdek, u G‘arb Belarusdagi inqiroz yordamida Rossiyaning mavqeiga putur yetkazmoqchi ekanligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!