Luis Enrike: "Bugun biz yorqin futbol ko‘rsatdik, jamoamdan bunday o‘yin kutmagandim"

Luis Enrike: "Bugun biz yorqin futbol ko‘rsatdik, jamoamdan bunday o‘yin kutmagandim"

"PSJ" ustozi Luis Enrike kechagi uchrashuvdan to‘liq qoniqish hosil qilganini ma’lum qildi.

«Biz uchrashuvni ajoyib boshladik, hujumlar tashkil qildik. Biroq «Barselona» Yamalning harakatlari evaziga hisobni ochdi. Shundan so‘ng ular bir kishi kam bo‘lib qolishdi. Shunga qaramay, biz bugun uchrashuv davomida to‘liq ustunlikka erishdik deb o‘ylayman. Bugun biz yorqin futbol ko‘rsatdik, jamoamdan bunday o‘yin kutmagandim. Biz bugun o‘yin sifati bo‘yicha bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarildik», — dedi Luis Enrike.

Eslatib o‘tamiz, endi "PSJ" final yo‘llanmasi uchun «Borussiya D»ga qarshi bahs olib boradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!