Levandovski milliy jamoadagi gollari soni bo‘yicha Pelega yetib oldi

Levandovski milliy jamoadagi gollari soni bo‘yicha Pelega yetib oldi

Polsha milliy jamoasi hujumchisi Robert Levandovski JCH-2022 2-turi doirasida Saudiya Arabistoni (2:0) darvozasiga gol kiritdi.

Ushbu gol polshalik forvardning milliy jamoa safida kiritgan 77-goliga aylandi. Shu tariqa, Levandovski milliy jamoalar safidagi to‘purarlar orasida 77ta gol bilan Braziliya milliy jamoasining afsonaviy forvardi Pelega yetib oldi. Uning hisobida ham 77ta gol bor.

Ma’lumot uchun, bu boradagi reytingda Krishtianu Ronaldu 118ta gol bilan peshqadamlik qilmoqda. Lionel Messi Argentina safida 92ta gol bilan 3-o‘rinda bormoqda. 2-o‘rindan eronlik afsonaviy hujumchi Ali Dayi joy olgan (109 ta gol).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!