KXDRda bezgakka chalinganlar soni 3 millionga yaqinlashdi

KXDRda bezgakka chalinganlar soni 3 millionga yaqinlashdi

KXDRda bir kunda 134 mingdan ortiq yuqori isitma bilan kasallangan yangi bemorlar qayd etildi, o‘lim holati kuzatilmadi, 2,94 milliondan ortiq odam yuqori isitma bilan kasallangan. Bu haqda Shimoliy Koreya markaziy telegraf agentligi xabar bergan.

Ta’kidlanishicha, joriy yil aprel oyining oxiridan 23 mayga qadar isitmasi bo‘lgan bemorlar soni 2,94 milliondan ortiq kishini tashkil etadi, ularning 2,54 milliondan ortig‘i (86,4 foiz) tuzalib ketgan, 400 mingga yaqini hali ham davolanmoqda. Isitma bilan og‘rigan bemorlarning qancha qismi COVID-19 bilan kasallangani haqida aniq ma’lumotlar berilmagan.

Ayni paytda jami o‘lganlar soni 68 kishi, o‘lim darajasi 0,002 foizni tashkil qiladi.

Qayd etilishicha, mamlakatda pandemiya tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat nazorat qilinmoqda, vaziyat barqaror bo‘lib, maksimal shoshilinch epidemiyaga qarshi tizim ishga tushirilgandan so‘ng kasallanish va o‘lim darajasi sezilarli darajada kamaygan, tuzalib ketayotgan bemorlar soni ortgan.

Ta’kidlanishicha, dori vositalari va virus mavjudligini tekshirish uchun
reagentlar ishlab chiqarish jadallashib bormoqda.

Bir milliondan ortiq tibbiyot xodimlari, tibbiyot muassasalari o‘qituvchilari va talabalari, tartib xodimlari safarbar etilgan. Mamlakat bo‘ylab epidemiyaga qarshi 10 ming bo‘linma faoliyat ko‘rsatmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!