Kuchli shamol sharsharani orqasiga oqishga majbur qildi (video)

Kuchli shamol sharsharani orqasiga oqishga majbur qildi (video)

Angliyaning shimolidagi Yorkshir-Deyls milliy bog‘ida “Xelena” po‘rtanasi sharsharani orqasiga oqishga majbur qildi.  

Ushbu antiqa hodisani videoga muhrlashga muvaffaq bo‘lingan. Bu vaqtda shamol kuchi 129 km/soatga yetgan. Shamol ta’siri ostida suv yuqoriga qarab oqa boshlagan, buning natijasida sharshara yonida kamalak paydo bo‘lgan.Angliya, Irlandiya va Shotlandiyani “Xelena”dan tashqari, “Ali” po‘rtanasi ham qamrab oldi. Tabiiy ofat oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan, yana bir necha kishi jarohatlar bilan shifoxonaga tushgan. Bu po‘rtana ortidan Buyuk Britaniyaga “Brona” sikloni yaqinlashmoqda. Ta’kidlanishicha, yomon ob-havo 24 sentyabrgacha saqlanib qoladi.

Manba: kun.uz 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!