Ko‘chada niqobni tushurib yurganlik uchun qancha jarimaga tortiladi?

Ko‘chada niqobni tushurib yurganlik uchun qancha jarimaga tortiladi?

Bugun AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha aholidan tushgan savollarga javob qaytardi:

Ko‘chada niqobni tushurib yurganlik uchun necha so‘m jarimaga tortiladi? Va jarimani to‘lash uchun qancha muddat beriladi?

➖ Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda:

jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha (1 115 000 so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ko‘ra, jarima huquqbuzar tomonidan unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o‘ttiz kundan kechiktirmay, bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda — shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi to‘g‘risida xabar berilgan kundan boshlab o‘n besh kundan kechiktirmay to‘lanishi lozim.

O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarning mustaqil ish haqi bo‘lmagan taqdirda, jarima ularning ota-onalari yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslardan undirib olinadi.

Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun solingan jarima huquqbuzar tomonidan tegishli bank muassasasiga to‘lanadi, huquqbuzarlik sodir etilgan joyning o‘zida undirib olinadigan jarima bundan mustasno.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!