O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tatariston va Tojikiston OTMlari tibbiy ta’lim tadqiqot markazi ochishni reja qilyapti

O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tatariston va Tojikiston OTMlari tibbiy ta’lim tadqiqot markazi ochishni reja qilyapti

Bu bo‘yicha KazanForum doirasida dastlabki kelishuvlarga erishildi, dedi Qozon davlat tibbiyot universiteti rektori Aleksey Sozinov.

Toshkent tibbiyot akademiyasi xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Jahongirxon Isroilovga ko‘ra, oliy o‘quv yurtlari uzoq vaqtdan beri o‘zaro hamkorlik qilib kelmoqda.

Akademiya va Qozon davlat tibbiyot universiteti mutaxassislik va klinik ordinatura darajasida qo‘shma dasturlarni amalga oshiradi. Shuningdek, qo‘shma aspirantura dasturi bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!