Oltinko‘lda 80 sotih yer maydonini 160 000 dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Oltinko‘lda 80 sotih yer maydonini 160 000 dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Oltinko‘l tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.SH. “Ittifoq” MFY hududidagi 80 sotix noturar yer maydonini fuqaro A.B.ga firibgarlik yo‘li bilan 160 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, go‘yoki kadastr bo‘limida ishlovchi tanishlari yordamida ushbu yer maydonini turar joy sifatida foydalanishi uchun yana 10 000 AQSh dollari berishi kerakligini aytib, kelishilgan pullar hisobidan 50 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament, DXX va IIB Samarqand viloyati boshqarmalari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro SH.E. Payariq tumani “Maniobod” mahallasida joylashgan ijara huquqi asosida dehqon xo‘jaligini yuritishi uchun ajratilgan 2,1 gektar yer maydonini fuqaro A.A.ga 36 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 20 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!