Kris Xipkins — Yangi Zelandiyaning yangi Bosh vaziri

Kris Xipkins — Yangi Zelandiyaning yangi Bosh vaziri

Yangi Zelandiyaga Kris Xipkins Bosh vazir bo‘ldi. Bu haqda «Interfaks» nashri yozmoqda.

Xipkins Leyboristlar partiyasi yetakchiligiga yagona nomzod bo‘lgan, shuning uchun ovoz berish faqat rasmiyatchilik uchun o‘tkazilgan. Xipkinsning hukumatdagi o‘rinbosari ijtimoiy rivojlanish vaziri Karmel Sepuloni bo‘ladi.

“Men o‘zimni g‘ayratli his qilyapman va ishga kirishishni intiqlik bilan kutyapman”, — dedi u jurnalistlarga.

Xipkins kelasi hafta chorshanba kuni qasamyod qiladi. 44 yoshli yangi Bosh vazir avval sog‘liqni saqlash vaziri lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Yangi Zelandiya sobiq Bosh vaziri Jasinda Ardern shu hafta kutilmaganda o‘z lavozimini tark etish qarorini e’lon qildi. U bu qarorini qattiq charchagani va mamlakatni boshqarishga kuchi qolmagani bilan izohladi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!