Koronavirusning atipik belgilari ma’lum qilindi

Koronavirusning atipik belgilari ma’lum qilindi

Sharqiy Angliya universiteti olimlari keksa yoshdagi COVID-19ga chalingan bemorlarning ma’lumotlarini tahlil qilgan holda ularning ko‘plarida kasallikning atipik belgilari bor degan xulosaga kelishdi.

Tegishli tadqiqot medRxiv portalida e’lon qilindi.

7 apreldan 29 iyungacha qariyalar uylaridagi bemorlar kuzatildi. Test-sinovlari ijobiy natija ko‘rsatgan 103 kishining atigi 38 foizida koronavirusning doimoy alomatlari borligi aniqlandi.

Ta’kidlanishicha, 54 kishida kasallik belgilari yo‘q yoki ular infeksiya yuqtirilganidan ikki hafta o‘tgach paydo bo‘lgan.

Ko‘pchilik shunchaki umumiy bezovtalikni sezgan. Shifokorlarning fikriga ko‘ra, keksa odamlarda "noqulaylik" va "kasallikning umumiy holati"ni "atipik" alomatlar deb tasniflanishi mumkin.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!