Koronavirusni davolashda ishlatiladigan dorilar o‘zimizda ishlab chiqariladimi?

Koronavirusni davolashda ishlatiladigan dorilar o‘zimizda ishlab chiqariladimi?

Koronavirusni davolashda ishlatiladigan dorilar o‘zimizda ishlab chiqariladimi? Bu masalaga Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Alisher Temirov oydinlik kiritdi.

➖ COVID-19 bilan kassalangan bemorlarni davolash bo‘yicha vaqtinchalik qo‘llanmaga (6-versiya) muvofiq, bemorning ahvoli va kasallikning kechishiga qarab, 50 ga yaqin dori vositasi qo‘llanilishi mumkin.

Bular: Viruslarga qarshi, antibakterial va zamburug‘larga qarshi vositalar, Antikoagulyant, antiagregant vositalar, Yallig‘lanishga qarshi, glyukokortikosteroid vositalar, Vitaminlar, mikroelentlar, Mukolitik va balg‘am ko‘chiruvchi, dekongestant vositalar (qon tomirlarni mahalliy toraytiruvchi vositalar), Qusishga qarshi, oshqozon-ichak tizimi dori vositalari, Diuretik vositalar, Adrenomimetiklar, Metabolik jarayonlarni to‘g‘rilovchi vositalar,

Mamlakatimizda umumiy 100 ta dori vositalarini ishlab chiqaradigan korxonalar mavjud. Ulardan 25 ta korxona davolash protokoliga asosan qo‘llanadigan 215 turdagi dori vositalarni ishlab chiqarmoqda va bu ko‘rsatkich kun sayin ortib bormoqda.

 O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan “Nobel Pharmsanoat” kompaniyasi «Kovipir» nomi ostida favipiravir faol moddasi asosida dori vositasini ishlab chiqarish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonini boshladi va yangi dori vositasi qisqa muddatlarda o‘zlashtirildi. Ushbu favipiravir faol moddasi saqlovchi dori vositasi Yaponiya, Rossiya va bir qator davlatlarda koronavirus infeksiyasini davolashda yuqori samara ko‘rsatib kelmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!