Koronavirusga chalingan taniqli aktrisa karantindan qochib ketdi

Koronavirusga chalingan taniqli aktrisa karantindan qochib ketdi

Koronavirusga chalingan rossiyalik aktrisa, "Birgalikda baxtli" teleserialidagi roli bilan tanilgan Yanina Bugrova karantindan qochib ketdi. Aktrisani Moskvadagi uyidan 11 kilometr narida topishgan, deb xabar beradi "Komsomolskaya pravda" 3 aprel, juma kuni polisiya manbasiga tayanib.

43 yoshli Bugrova Fransiyadan qaytib kelgan va koronavirus uchun tekshiruvdan o‘tgan, so‘ng unda koronavirus tasdiqlangan. Ammo holati yaxshi bo‘lganligi tufayli kasalxonaga yotqizilmagan. Moskva shimolidagi Shirokaya ko‘chasidagi uyiga karantinga joylashtirilgandi. Tekshiruv bilan kelgan tez yordam guruhi esa bemorni joyida topa olmadi. Shifokorlar polisiyaga murojaat qilishdi.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari Bugrovaning ijtimoiy tarmoqlarida u karantinni bir necha bor buzganligini aniqladi. Uning xatti-harakatlari tekshiriladi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!