Koronavirus! Janubiy Koreyada antirekord qayd etildi

Koronavirus! Janubiy Koreyada antirekord qayd etildi

Janubiy Koreyada oxirgi sutkada 166 kishi koronavirusga chalindi, bu so‘nggi besh oy ichida eng yuqori ko‘rsatkichdir, deya xabar beradi Yonhap Koreya Respublikasi Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktikasi markazlarining ma’lumotlariga tayanib.

Agentlikning ta’kidlashicha, infeksiyaning yangi holatlari Seul va Janubiy Koreya poytaxti atroflarida aniqlangan.

Pandemiya davrida virus yuqtirganlarning umumiy soni Janubiy Koreyada 15 039 nafarga yetdi, 305 kishi vafot etgan.

Yonhap'ga ko‘ra, mamlakatda COVID-19 holatlarining kunlik ko‘payishi 11 martdan beri, koronavirus tarqalishi paytida Tegu shahrida kuniga 242 ta yangi holat qayd etilganidan beri eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!