Koronavirus bilan bog‘liq quvonarli holat haqida xabar berildi

Koronavirus bilan bog‘liq quvonarli holat haqida xabar berildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) yaqinda qayd etilgan antirekorddan keyin COVID-19’ga chalinish holatlari kamayganini ma’lum qildi.

Dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni shanba kungi antirekorddan keyin 25 oktyabrda 438 633 nafarga kamaydi. 

JSST hisob-kitoblariga ko‘ra, 24 oktyabr kuni butun dunyo bo‘ylab COVID-19’ga chalinish bo‘yicha 468 409 ta yangi holat qayd etilgan. Bu pandemiya boshlanganidan buyon kasallanganlar soni bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich. 25 oktyabr kuni yangi kasallanishlar soni kamaya boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, butun dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 42 million kishidan oshdi, ularning 1,1 million nafardan ortig‘i kasallik oqibatlaridan vafot etdi. Biroq ekspertlarning fikricha, katta ehtimol bilan kasallanganlar soni undan ortiq bo‘lishi, ularning aksariyatida kasallik yengil shaklda kechgan bo‘lishi mumkin.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!