Koronavirus AQSh va Janubiy Koreyaning rejalarini o‘zgartirib yubordi

Koronavirus AQSh va Janubiy Koreyaning rejalarini o‘zgartirib yubordi

Janubiy Koreya va Amerika Qo‘shma Shtatlari qo‘shma harbiy mashqlarni yakshanbadan seshanbaga qoldirishga qaror qilishdi, deb xabar beradi "Renxap" Janubiy Koreya Qurolli kuchlari ma’lumotlariga tayanib.

Buning sababi shundaki, mashqlarda qatnashishi kerak bo‘lgan koreyalik ofiserlardan birida koronavirus aniqlangan.

Ma’lumot uchun, AQSH-Janubiy Koreya qo‘shma mashqlarini Shimoliy Koreyani diqqat bilan kuzatib boradi. Pxenyan bu mashqlarni "urushga tayyorgarlik" deb atamoqda.

28 avgustgacha bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan joriy mashqlar dasturi "birgalikda mudofaa pozisiyasiga" qaratilgan bo‘lib, Koreya yarim orolida urush bo‘lgan taqdirda tezkor boshqaruvga o‘tish sinovdan o‘tkaziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!