Koreyadan ta’tilga kelgan fuqarolarning uchinchi guruhi Seulga qaytib ketdi

Koreyadan ta’tilga kelgan fuqarolarning uchinchi guruhi Seulga qaytib ketdi

Koreya Respublikasida ishlash vaqtida mehnat ta’tili olib O‘zbekistonga kelgan ko‘plab fuqarolar pandemiya sababli mamlakatlar o‘rtasida aviaqatnovlarning vaqtincha to‘xtatilishi oqibatida ish joyiga qaytib keta olmayotgan edi.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida mehnat ta’tiliga kelgan fuqarolardan 60 nafari joriy yilning iyun oyida jo‘natilgan edi. Kuni kecha ana shunday fuqarolardan yana 45 nafari charter reys orqali uchib ketdi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, pandemiya davrida Koreya Respublikasiga kirib borish uchun ruxsat olish rozilik bitimini to‘ldirishdan oldin karantinda saqlash joyini ish beruvchi bilan aniqlashtirish hamda rozilik bitimiga haqqoniy ma’lumotlarni kiritish, karantin joyi korxona joylashgan hududda bo‘lishi lozim. Ish beruvchining mehnat migrantini chaqirish haqidagi rozilik xati qo‘llab-quvvatlanadi.

Noto‘g‘ri berilgan ma’lumotlar fuqaroning Koreya Respublikasiga kirib borolmasligiga hamda ushbu mamlakat hududiga kirish uchun taqiq qo‘yilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish lozimki, ketishdan avval qator tibbiy ko‘riklardan o‘tgan, shu jumladan koronavirus kasalligiga qarshi test topshirgan bo‘lishiga qaramay, 30 iyun kuni jo‘nab ketgan fuqarolarning 1 nafarida koronavirus aniqlangan davolanish uchun nazoratga olingan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Koreya Respublikasiga ishga ketishni rejalashtirayotgan fuqarolardan koronavirus infeksiyaining tarqalishi sababli respublikada joriy etilgan epidemiologik-gigiyenik talablarga qattiq rioya qilishlarini, aholi gavjum joylarga bormaslikni, odamlar bilan muloqotdan imkon qadar cheklanishni so‘rab qolamiz.

Eslatib o‘tmiz, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining ushbu xizmatlari bepul amalga oshirilmoqda.

Firibgarlik yoki ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish maqsadida biror noqonuniy xatti-harakatlar haqida ma’lumotga ega bo‘lsangiz, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligiga 71 202 33 55 (ichki raqam 41, 46, 11) telefon raqami orqali xabar berishingiz so‘raladi.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda Koreya Respublikasidan ta’tilga kelgan fuqarolarni navbati bilan o‘z ish joylariga qaytarish borasidagi ishlarini davom ettiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!