«Konstitusiya – ravnaqimiz qomusi» mavzusida talaba-yoshlar forumi bo‘lib o‘tdi

«Konstitusiya – ravnaqimiz qomusi» mavzusida  talaba-yoshlar forumi bo‘lib o‘tdi

5 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining
26 yilligiga bag‘ishlangan «Konstitusiya – ravnaqimiz qomusi» nomli talaba-yoshlar Forumi o‘z ishini boshladi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur Forum tadbir ishtirokchilarini tantanali kutib olish marosimi bilan boshlandi. Forum ishtirokchilari e’tiboriga dastavval universitet talaba-yoshlari tomonidan yaratilgan kartinalar, universitet ARM hamda Respublika ilmiy-pedagogik kutubxona tomonidan tashkil etilgan kitoblar ko‘rgazmasi taqdim etildi. 

Forum yurtimizning ko‘zga ko‘ringan huquqshunos-olimlari tomonidan O‘zbekiston respublikasi Konstitusiyasi hamda uning mamlakatimiz ahli hayotida tutgan o‘rni borasidagi ma’ruzalari bilan davom etdi. Xususan, O‘zbekiston Jahon tillari universiteti professori, siyosatshunoslik fanlari doktori Jo‘rayev Narzulla Qosimovich “Mustaqillik - eng buyuk ne’mat”, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi deputati, Fan, ta’lim, madaniyat va sport qo‘mitasi a’zosi Jumaniyozov Quvondiq Yo‘ldashevich “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida – taraqqiyot kafolati”, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi deputati, Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi a’zosi Xojiyev Ibrohim Ikramovich “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi - yoshlar kelajagi qomusi”, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti dosenti, pedagogika fanlari nomzodi Saydalixodjayeva Nilufar Faxriddinovna “Konstitusiya Respubliki Uzbekistan”, Respublika ilmiy kutubxonasi ilmiy bibliografiya bo‘limi mudiri Dilmurodova Muyassar Abduraxmanovna “Huquqiy yo‘nalishdagi kitoblar va ilmiy asarlar taqdimoti” mavzularida talaba-yoshlarga ma’ruza qildi.

Tadbir Toshkent davlat pedagogika universiteti iqtidorli talabalarining badiiy chiqishlari bilan davom etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!