Konor Makgregor: “Habibning oldida shunchaki ojiz qoldim”

Konor Makgregor: “Habibning oldida shunchaki ojiz qoldim”

Irlandiyalik jangchi Konor Makgregor nihoyat Habib Nurmagomedov bilan kechgan jang haqida fikr bildirdi. Xabaringiz bor, mazkur jangda dog‘istonlik sportchi g‘alaba qozondi.

“Oxirgi jangim haqida quyidagicha fikr bildirishim mumkin.

Birinchi raund. Taktik jihatdan raqibim ustun bo‘ldi. U faqat quyidan jang olib bordi va faqat oyog‘imga yopishdi. Jang jihatidan esa men ustun edim. Boshga zarba yo‘llash va jangovar tayyorgarlik. Chapdan to‘g‘riga. Birinchi raund og‘ir o‘tdi.

Ikkinchi raund. Bu faoliyatimdagi eng yomon lahzalar bo‘ldi. Raqib to‘rdan uzoqlashdi va o‘ngdan kuchli zarba yo‘lladi. Men bu zarbadan keyin orqaga tisarildim. Raqib uchun yaxshi g‘alaba.

Uchinchi raund. Men jangga qaytdim va bu raundni yutib oldim. Men uchun yaxshi o‘tdi.

To‘rtinchi raund. Raqibning taktikasiga tayyor emasdim. Juda yomon vaziyatga tushib qoldim. Habibning oldida shunchaki ojiz edim. Bu — og‘ir holat.

Yana nima deyishim mumkin? Bu buyuk jang edi va menga yoqdi. Men ringga qaytaman, albatta. Yanada kuchli bo‘lib qaytaman. Agar raqib revanshga rozi bo‘lsa, men tayyorman. Muxlislarimdan, meni qo‘llab-quvvatlaganlardan minnatdorman”, dedi Konor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!