Kim Chen In 2017 yilda ko‘ngilxushlik va alkogol uchun qancha sarflaganini bilasizmi? Dahshat!

Kim Chen In 2017 yilda ko‘ngilxushlik va alkogol uchun qancha sarflaganini bilasizmi? Dahshat!

Janubiy Koreya parlamenti deputati Yun San Xenning aytishicha, 2017 yilda Shimoliy Koreya sanksiyalarga qaramay 640 million dollarlik hashamatli buyumlar sotib olgan. Bu haqda «MK.ru» xabar bermoqda.

Xenning so‘zlariga ko‘ra, ushbu xaridlarga Xitoydan import umumiy hajmining 17,8 foizi to‘g‘ri keladi. U 3,7 milliard dollarni tashkil qiladi.

«Kim Chen In Xitoy va boshqa mamlakatlarda gidrosamolyot, qimmatbaho musiqa asboblari, eng so‘nggi televizor tizimlari, avtomobillar, spirtli ichimliklar, soatlar, mo‘ynali mahsulotlarni sotib olgan», — deya ta’kidlab o‘tdi Xen.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ushbu xaridlarning aksariyati KXDR elitasi uchun sovg‘alar hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!