Kiyevda amerikalik harbiy maslahatchi sirli sharoitda vafot etdi

Kiyevda amerikalik harbiy maslahatchi sirli sharoitda vafot etdi

Amerikalik diplomat Kyiv Hilton mehmonxonasidagi xonada sirli sharoitda vafot etdi. U Ukrainaga G‘arbiy F-16 qiruvchilarini yetkazib berish masalasi bilan shug‘ullangan .

Harbiy maslahatchi Richard Garri Kirlin 24 iyun kuni vafot etdi, biroq uning shaxsi endigina ma’lum bo‘ldi. U Ukrainaga o‘limidan o‘n kun oldin kelgan. Ilgari u AQSh harbiy-havo kuchlarida , Pentagonda va Davlat departamentida xizmat qilgan . U, shuningdek, AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) bilan ham aloqador bo‘lgan va axborot texnologiyalari va logistika sohasida tajriba orttirishga muvaffaq bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!