Akmal Hasanovga Chingiz Aytmatov nomidagi medal topshirildi

Akmal Hasanovga Chingiz Aytmatov nomidagi medal topshirildi

Yodingizda bo‘lsa, o‘zbekistonlik boks murabbiyi Akmal Hasanov Parij-2024 Olimpiadasida qirg‘izistonlik bokschi Munarbek Seyitbek uuluga sekundantlik qilgandi.

Finalga qadar yetib kelgan Munarbek yakunda Olimpiadaning kumush medalini qo‘lga kiritgandi. Final jangida u hamyurtimiz Abdumalik Halokovga imkoniyani boy bergandi. Munarbekning medali qirg‘iz bokschilarining Olimpiadadagi ilk medali bo‘lgani bilan yana ham ahamiyatli edi.

Bugun Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti xalq diplomatiyasi forumi doirasida Akmal Hasanov qo‘shni mamlakat tomonidan munosib taqdirlandi. Qirg‘iz Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Chingiz Aytmatov nomidagi Issiq-Ko‘l forumi bosh kotibi Assol Moldokmatova ushbu mukofotni Akmal Hasanovga topshirdi.

Murabbiyimizning bu harakati ikki davlat o‘rtasidagi insonparvarlik, bag‘rikenglik, do‘stona munosabatlarning yanada mustahkamlanib borayotganining yorqin namunasi bo‘ldi.

Shuningdek, Assol Moldokmatova murabbiyimizga Issiq-Ko‘lga dam olish uchun yo‘llanma, milliy chopon hamda taniqli mo‘yqalam ustasi Sabitjan Babajanov tomonidan chizilgan suratni topshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!