Rossiya Jeneva konvensiyalari yubileyiga bormaydi

Rossiya Jeneva konvensiyalari yubileyiga bormaydi

Rossiya BMT Xavfsizlik kengashida 1949 yil Jeneva konvensiyalari imzolangani 75 yilligi munosabati bilan Shveysariyaga norasmiy tashrif buyurish taklifini rad etgan yagona davlat bo‘ldi. Shveysariya TIV 21 avgust, chorshanba kuni aniqlik kiritishicha, Rossiyaning BMT Xavfsizlik kengashidagi diplomatik missiyasi vakillari izohsiz rad javobi qaytargan. Ilgari Rossiya Shveysariyani «do‘st bo‘lmagan davlatlar» ro‘yxatiga kiritgan edi, chunki Bern Ukrainaga keng ko‘lamli hujum uchun Rossiya Federasiyasiga qarshi joriy qilingan Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini qo‘llab-quvvatlagan.

25 va 26 avgust kunlari Jenevada bo‘lib o‘tadigan norasmiy yig‘ilishda BMT Xavfsizlik kengashiga a’zo qolgan 13 ta davlatning diplomatlari ishtirok etadi. Umuman olganda, BMT Xavfsizlik kengashiga 15 ta davlat kiradi.

1949 yilda tuzilgan Jeneva kelishuvlari urush paytida tinch aholi, yaradorlar va asirlarga insonparvar munosabatda bo‘lishni talab qiladi. Ushbu konvensiyalar xalqaro gumanitar huquqning asosi hisoblanadi. Shveysariyadagi uchrashuv ular imzolangani 75 yilligiga to‘g‘ri keladi hamda «gumanitar huquq, shuningdek, qurolli to‘qnashuvlarda tinch aholini himoya qilish muhimligini ta’kidlash uchun alohida imkoniyatdir», deya qayd etadi Bern.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!