Rossiyaning 20 dan ortiq kompaniyalari sanksiyalar tufayli bankrot bo‘lish xavfi borligini e’lon qildi

Rossiyaning 20 dan ortiq kompaniyalari sanksiyalar tufayli bankrot bo‘lish xavfi borligini e’lon qildi

Rossiyaning yigirmadan ortiq yirik sanoat kompaniyalari, jumladan, qurilish va avtomobil sanoati vakillari, shuningdek, maishiy texnika ishlab chiqaruvchilari Sanoat va savdo vazirligi rahbari Anton Alixonovga xat yuborib, unda ularga tahdid borligini bildirishgan.

RBK xabar berishicha, xavotirga sabab Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi so‘nggi, o‘n to‘rtinchi sanksiyalar to‘plami bo‘lib, buning natijasida AQSH, Yevropa, Yaponiya va yaqinda Xitoydan muhim materiallar yetkazib berish to‘xtatilgan.

Gap, birinchi navbatda, muzlatgichlar, avtomobil qismlari, quvurlar, poliuretan ko‘piklari, mastiklar va o‘z-o‘zidan tekislanadigan pollarni ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan polimetilen fenil izosiyanatlar haqida bormoqda. Maktubda aytilishicha, bu holatda Rossiya iqtisodiyoti yuz foiz importga bog‘liq.

Maktubda, shuningdek, materiallarning joriy zaxirasi bor-yo‘g‘i ikki oy davom etishi va sanksiyalarni chetlab o‘tishga yordam beruvchi yetkazib beruvchilar, xususan, Saudiya Arabistoni bilan hali kelishuvga erishib bo‘lmagani aytiladi.

RBK ma’lumotlariga ko‘ra, Sanoat va savdo vazirligiga murojaat qilganlar orasida «Texnonikol», «Beko», «Vatek», «RusTA» va «Verahim» kompaniyalari bor.

🔸Evropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalarining o‘n to‘rtinchi paketi 2024 yil 24 iyunda qabul qilingan. U ilgari kiritilgan cheklovchi choralarni chetlab o‘tishning oldini olishga qaratilgan bir qator bandlarni o‘z ichiga oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!