Qo‘shma Shtatlar dunyodagi eng yirik strategik xavf yaratuvchisidir

Qo‘shma Shtatlar dunyodagi eng yirik strategik xavf yaratuvchisidir

Qo‘shma Shtatlar dunyodagi eng yirik strategik xavf yaratuvchisidir, dedi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Amerika yadro strategiyasi haqidagi xabarlarni sharhlar ekan.

Pekin AQShning Xitoyni ushlab turish rejalari bilan maxfiy yadro strategiyasini ma’qullagani haqidagi xabarlardan jiddiy xavotirda, deya xabar beradi Reuters. Xitoy rasmiylarining fikricha, Vashington qurolsizlanish bo‘yicha o‘z majburiyatlaridan qochish uchun "Xitoy yadroviy tahdidi" nazariyasini ilgari surmoqda.

Xitoy Qo‘shma Shtatlarni yadroviy qurolsizlanish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini sodiqlik bilan bajarishga va yadro arsenalini sezilarli darajada kamaytirishga chaqiradi. Xitoy hech qanday davlat bilan qurollanish poygasida ishtirok etmaydi, deya ta’kidladi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!