Germaniya va Moldova migrasiya shartnomasini imzolashga tayyorlanmoqda

Germaniya va Moldova migrasiya shartnomasini imzolashga tayyorlanmoqda

Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Shols 21 avgust, chorshanba kuni Kishinyovda mamlakat prezidenti Mayya Sandu bilan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Ushbu kelishuv Germaniyaga Moldovadan noqonuniy muhojirlarni tezda vataniga chiqarib yuborish, shuningdek, mamlakatga malakali mutaxassislarni jalb qilish imkonini beradi.

Sandu, o‘z navbatida, hujjat «katta diaspora»dan bo‘lgan odamlarni Moldovaga qaytarishga yordam berishiga umid bildirdi.

Ikkala siyosatchi ham kelishuvdan maqsad har ikki davlatning iqtisodiy rivojlanishiga yordam berish ekanini aytdi.

Mayya Sandu hujjat tayyorlanish bosqichida ekanligini ta’kidladi.

Shols Germaniyada ikkinchi uyini topib olgan katta Moldova jamoasi borligini ta’kidladi.

Matbuot anjumanida Germaniya hukumati rahbari, shuningdek, Berlin Moldovani Yevropa Ittifoqiga olib boradigan yo‘lda «qo‘lidan kelgancha» qo‘llab-quvvatlashini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!