Denovda 9-sinf o‘quvchisi qamoqqa olindi

Denovda 9-sinf o‘quvchisi qamoqqa olindi

2008 yilda tug‘ilgan yigit oldin ham bezorilik jinoyatini sodir etgan. U takroran jinoiy sheriklari bilan bezorilik jinoyatini sodir qilganlikda gumonlanmoqda.

2024 yil 27 may kuni soat 22:50 da u jinoiy sheriklari bilan Denovdagi savdo do‘konlaridan birining oldida birovlar bilan janjallashgan. Janjal paytida gumonlanuvchi. va uning sheriklari tosh hamda tayoqlar bilan birovlarni kaltaklab, tan jarohati yetkazgan.

Shuningdek, ular janjalning oldini olmoqchi bo‘lganlarga ham qarshilik ko‘rsatgan.

O‘smir Denov tuman IIB vaqtinchalik saqlash hibsxonasi orqali etap qilinib, Termiz shahridagi 9-son tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!