Osif Durroniy: Afg‘oniston hududidan 11 sentyabrga o‘xshash hujum takrorlanishi mumkin

Osif Durroniy: Afg‘oniston hududidan 11 sentyabrga o‘xshash hujum takrorlanishi mumkin

Pokistonning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Osif Durroniy Afg‘oniston hududidan 11 sentyabr teraktiga o‘xshash voqea yana bir marta takrorlanishidan ogohlantirmoqda. Uning aytishicha, jahon hamjamiyati Rossiya-Ukraina va G‘azodagi urushlar tufayli Afg‘onistonga e’tibor qaratmasdan kelmoqda.

Natijada Afg‘onistonda ISHID guruhi faollashib, mintaqa va undan ham tashqariga ulkan xavf solishi mumkin. Durroniyning so‘zlariga ko‘ra, ISHIDning Rossiya, Eron va Pokistonda amalga oshirgan teraktlari ushbu guruhning boshqa hududlarda ham shunga o‘xshash teraktlar sodir eta olishidan dalolat beradi.

"Tolibon" Tashqi ishlar vazirligi Durroniyning fikrlariga munosabat bildirib, "11 sentyabrga o‘xshash yana bir hujum bo‘lishi mumkin, ammo bu sodir bo‘lsa ham Pokiston hududidan bo‘ladi", deb bayonot bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!