3 mlrd dollarlik 15 ta investisiya loyihasi. Belarus Xitoyga bo‘ysunadimi?

3 mlrd dollarlik 15 ta investisiya loyihasi. Belarus Xitoyga bo‘ysunadimi?

Belarus Xitoy bilan 15 ta yangi strategik sarmoyaviy loyihalar ustida ishlamoqda. Bu haqda Aleksandr Lukashenko va Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha BELTA xabar berdi.

«Biz xitoylik hamkorlar bilan umumiy qiymati 3 milliard dollargacha bo‘lgan strategik darajadagi 15 ta yangi investisiya loyihasi ustida faol ishlayapmiz», — dedi Lukashenko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ulardan eng muhimlari: Belarus milliy biotexnologiya korporasiyasining g‘allani chuqur qayta ishlash loyihasining 3-bosqichi, oqartirilgan kraft pulpa va DSP ishlab chiqarish zavodlarini qurish, zamonaviy avtomatlashtirilgan quyish ishlarini tashkil etish.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!