Isroil G‘azo-Misr chegarasidan qo‘shinlarini olib chiqishdan bosh tortdi

Isroil G‘azo-Misr chegarasidan qo‘shinlarini olib chiqishdan bosh tortdi

Isroil tashqi bosimga qaramay, Filadelfiya koridoridan o‘z qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas, dedi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu idorasi.

Filadelfiya koridori G‘azo sektori va Misr o‘rtasidagi chegara bo‘ylab 14 km uzunlikdagi qurolsizlantirilgan bufer zonadir. Isroil harbiylarining mavjudligi masalasi Isroil va HAMAS o‘rtasidagi muzokaralardagi asosiy to‘siqlardan biri bo‘lib qolmoqda. Misr ham Isroil askarlarining koridorga joylashtirilishiga qarshi chiqib, bu 1978 yilgi Kemp Devid kelishuvini buzayotganini ta’kidlamoqda.

21 avgust kuni Isroilning Kan kanali Netanyaxu go‘yoki «AQShning Filadelfiya koridoridan qo‘shinlarni olib chiqib ketish taklifiga kelishuvning ikkinchi bosqichida rozi bo‘lgan, biroq XAMAS va Misr dastlabki bosqichda hududni tozalashni talab qilmoqda», deb xabar berdi.

Bunga javoban Netanyaxu AQSh bilan Isroil qo‘shinlarini koridordan olib chiqish bo‘yicha muzokaralarni rad etgan bayonotini e’lon qildi. Bosh vazir ta’kidladi: «Isroil Xavfsizlik Vazirlar Mahkamasi belgilagan barcha harbiy maqsadlarga erishishni talab qiladi».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!