Multimillioner Maykl Linch va qizining jasadi superyaxta ichidan topildi

Multimillioner Maykl Linch va qizining jasadi superyaxta ichidan topildi

Britaniyalik multimillioner Maykl Linchning cho‘kib ketgan yaxtasi ichidan to‘rt kishining jasadi topildi. Bu haqda qutqaruv operasiyaga aloqador shaxslarga tayanib, Reuters xabar berdi.

Rasmiylar qubronlar shaxsiga darrov aniqlik kiritmadi. Uch kishining jasadi qirg‘oqqa olib chiqilib, shaxsiga rasman aniqlik kiritilishi uchun shifoxonaga yetkazilgan. To‘rtinchi inson jasadi esa 21 avgust kechasi qirg‘oqqa chiqarilgan.

British’s Daily Telegraph’ning ma’lum qilishicha, halok bo‘lganlarning ikki nafari — Linch hamda uning 18 yoshli qizi. Sisiliya mahalliy hokimiyati holatga izoh berishdan bosh tortgan.

Qiymati 35 million yevro turadigan 56 metrli Bayesian yaxtasi 19 avgust kechasi Portichello shahri sohillari yaqinida tornado oqibatida cho‘kib ketgani aytilgan edi.

59 yoshli Linch Buyuk Britaniyada texnologiya sohasidagi eng muvaffaqiyatli tadbirkorlardan bo‘lib, yaqinda firibgarlik ishi bo‘yicha AQSh sudida oqlanganini nishonlash uchun do‘stlarini yaxtaga taklif qilgan.

G‘avvoslar oxirgi iki kun davomida cho‘kib ketgan yaxtada marhumlar jasadini qidirish bilan shug‘ullandi. Taxmin qilinganidek, ular kayutalarida qamalib qolgan.

Sud organlaridagi manbalarning so‘zlariga ko‘ra, sohil xavfsizligi xizmati omon qolganlarni, jumladan, yaxta kapitanini so‘roq qilmoqda.

Mutaxassislar birinchi darajali xavfsizlik funksiyalariga ega bunday hashamatli kema qanday qilib qisqa daqiqalar ichida cho‘kib ketganini tushuntirib bera olmayapti. Ta’kidlanishicha, langari tashlangan holda turgan yaxtaning cho‘kishiga kuchli tornado sabab bo‘lmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!