Gruziya tashqi nazoratdan chiqadi

Gruziya tashqi nazoratdan chiqadi

Parlament saylovlari arafasida hukmron "Gruziya orzusi – Demokratik Gruziya" partiyasi respublikani tashqi nazorat qilish davri tugaganini e’lon qildi. Bu haqda "Vzglyad" gazetasi xabar bermoqda.

"Butun dunyo vatanparvar gruzinlarni tashqaridan nazorat qilishning iloji yo‘qligini ko‘rishi kerak, tashqi ishtirokchilar esa Gruziya xalqi saylaganlarni hurmat qilishi va ular bilan hamkorlik qilishi kerak" - dedi hukmron partiya ijrochi kotibi Mamuka Mdinaradze.

Uning ta’kidlashicha, Gruziya o‘zligini, milliy ruhini va e’tiqodini saqlagan holda Yevropaga o‘zining munosib yo‘lini davom ettirishi kerak.

Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze avvalroq bo‘lajak parlament saylovlari "urush va tinchlik o‘rtasidagi referendumga" aylanishini aytdi.

Hukumat rahbari ovoz berish jarayonida mamlakat aholisi tinch hayot va jangovar harakatlar o‘rtasida tanlov qilishiga to‘g‘ri kelishiga ishonch bildirdi. Bundan tashqari, unga ko‘ra, Gruziya fuqarolari "targ‘ibot yoki an’anaviy qadriyatlar" ga ustunlik berishi kerak bo‘ladi.

Bir palatali respublika parlamentiga saylovlar joriy yilning 26 oktyabriga belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!