Ukrainada fuqarolikni berish soddalashtirildi

Ukrainada fuqarolikni berish soddalashtirildi

Ukraina Oliy radasi 20 avgust kuni Ukraina qurolli kuchlari safida jang qilayotgan xorijlik ko‘ngillilarga ushbu davlat fuqaroligini olishni osonlashtiruvchi qonun loyihasini qabul qildi. Hujjat Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga imzolash uchun yuborilgan.

Ukraina fuqaroligini, yangi normalarga ko‘ra, armiya, Davlat maxsus transport xizmati yoki Milliy gvardiya tarkibida Rossiya tomonidan Ukrainada boshlangan tajovuzkor urushda qatnashgan xorijiy mamlakatlar fuqarolari olishlari mumkin. Mamlakat sharqida 2014 yilda boshlangan jangovar harakatlar ishtirokchilari ham bundan foydalana oladi.

Ko‘ngillilar bilan birgalikda ularning oila a’zolari, shuningdek, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida halok bo‘lgan xorijliklar turmush o‘rtoqlari pasport olish uchun ariza topshirishlari mumkin. O‘z vatanlarida siyosiy ta’qibdan jabr ko‘rgan odamlar ham Ukraina fuqarosi bo‘la oladi.

Yangi normalar Rossiya va Belarus fuqarolariga ham tegishli. Ukraina fuqaroligini olish uchun arizachi o‘z mamlakati pasportidan voz kechishi kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, arizani topshirish vaqtida u Ukrainada kamida ikki yil (xorijiy ko‘ngillilar uchun) yoki besh yil (siyosiy muhojirlar uchun) qonuniy ravishda yashashi lozim.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!