Lukashenkoning bayonotidan so‘ng Belarus elchisi Qozog‘iston TIVga chaqirildi

Lukashenkoning bayonotidan so‘ng Belarus elchisi Qozog‘iston TIVga chaqirildi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko MDH davlatlarini Rossiyaga nisbatan xudbinlikda ayblagach, Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi Belarus elchisini taklif qildi. Bu haqda TIV saytida ma’lumot berildi.

Gap shundaki, kuni kecha Lukashenko «Rossiya» telekanaliga bergan intervyusida ba’zi postsovet davlatlari o‘zi hech narsa taklif qilmasdan, Rossiyadan faqat foyda olishga intilayotgani haqida gapirgandi.

U favqulodda vaziyatlarda MDH davlatlari yana Rossiya va Belarusdan yordam so‘rab murojaat qilishiga ishonch bildirdi. Prezident postsovet hududida iqtisodiy aloqalarni saqlab qolish muhimligini ham ta’kidladi.

Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleuning Belarus elchisi Pavel Utyupin bilan uchrashuvi chog‘ida Qozog‘iston BMT nizomi va xalqaro huquqning asosiy normalariga muvofiq muvozanatli va tinchliksevar tashqi siyosat yuritayotganini alohida ta’kidladi.

Uning qayd etishicha, mamlakat davlatlar o‘rtasidagi barcha kelishmovchiliklarni siyosiy va diplomatik yo‘llar bilan hal etish zarurligiga qat’iy ishonadi.

«Hozirgi geosiyosiy sharoitda yurtboshimiz tomonidan ishlab chiqilgan mamlakatimiz tashqi siyosati kursi o‘z samarasini isbotladi. Shu munosabat bilan, vazir Belarus tomonini davom etayotgan jarayonlarga nisbatan Ostona pozisiyasini xolisona baholashga chaqirdi», — deyiladi bayonotda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!